Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Voleybol koptogiga o‘xshash sun’iy intellektli robot astronavtlarga hamrohlik qiladi

Voleybol koptogiga o‘xshash sun’iy intellektli robot astronavtlarga hamrohlik qiladi

Foto: «NV.ua»

«IBM» kompaniyasi «Airbus» tomonidan yaratilgan sun’iy intellektga ega kosmik robotni taqdim etdi. Ushbu robot Xalqaro kosmik stansiya (XKS) bortidagi kosmonavtlarni kuzatishga mo‘ljallangan bo‘lib, ungan «Crew Interactive Mobile Companion» («CIMON») nomi berildi, deb xabar qildi «NV.ua».

Voleybol koptogiga o‘xshash yuzi bor robot 2018-yilning iyunida germaniyalik astronavt Aleksandr Gerst bilan birgalikda kosmosga yo‘l oladi. Parvoz 2018-yilning 6-iyunida «Soyuz MC-09» kemasi orqali Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan amalga oshiriladi. «SIMON»ning missiyasi yarim yil davom etadi.

«SIMON»ning og‘irligi 5 kilogrammga teng. U faqatgina 3D-bosma orqali yaratilgan plastik va metallardan iborat. Robot ekipaj a’zolariga tibbiy ekspertizlarni o‘tkazishda, kristallarni o‘rganishda va Rubik kubigini o‘ynashda yordam beradi. «Besh kilogrammli texnika kosmonavtlar atrofida uchib ularga o‘z maslahati bilan yordamlashib turadi», — deyiladi xabarda.

«IBM» vakillarning so‘zlariga ko‘ra, «CIMON»ning sun’iy intellekti va ovozi uni ekipaj a’zolarining do‘stiga aylantirib qo‘yishi kerak. Ixtirochilarining ta’kidlashicha, kelajakda mashina astronavtlarning uzoq kosmosga safarlarida hamrohlik qilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring