Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Windows 10»ga yordamchi topildi

«Windows 10»ga yordamchi topildi

Foto: «TechCrunch»

«Amazon» «vindovs»ning o‘ninchi turkumi uchun «Alexa» ovozli yordamchisini ishga tushirdi.

Eslatmalar, musiqani yoqish, kalendarni boshqarish, xullas, Aleksaning qo‘lidan ko‘p ish keladi. Uni ovozlasangiz bo‘ldi — yordamga doim shay.

Ilova «Microsoft Store»ga joylangan. Servis AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyada ishlayapti — hozircha. Boshqa mamlakatlarga 2019-yilda navbat yetib keladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring