Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xiaomi» 48 Mp kamerali, 140 dollarlik yangi smartfonini taqdim etmoqda

«Xiaomi» 48 Mp kamerali, 140 dollarlik yangi smartfonini taqdim etmoqda

Foto: «Trashbox»

«Xiaomi» kompaniyasi yana to‘rt kundan keyin, 29-avgust kuni «Redmi Note 8 Pro» smartfonini taqdim etadi. Negadir shu smartfonning «ukasi» haqidagi xabarlar soyada qolib ketyapti, holbuki, «Redmi Note 8» ham qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketishi hech gapmas: 48 megapikselli to‘rt kamera, narxi — 140 dollar... Bu haqda «Trashbox» yozmoqda.

Smartfon zamonaviy dizayndagi tovlanuvchan shisha-metall korpusga ega. To‘rtta kamerasining asosiysi 48 megapikselli bo‘lib, «vspishka»si chap yuqori burchakda, barmoq izi skaneri korpusning ort qismida joylashgan.

Qurilmaga Qualcomm Snapdragon 665 protsessori o‘rnatiladi.

Foto: «Trashbox»

Smartfon 29-avgust kuni Xitoyda taqdim etiladi. Shu kuni «Redmi Note 8 Pro» va yangilangan «RedmiBook 14» ham ommaga tanishtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring