Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xodimlaringizga ushbu qurilmadan olib bering (video)

Xodimlaringizga ushbu qurilmadan olib bering (video)

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Insonlarning ish vaqtida qo‘ng‘iroqlarga, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar va boshqa ortiqcha narsalarga chalg‘imasligini ta’minlovchi «Foci» gadjeti yaratildi. Mazkur qurilma ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

«Foci» maxsus datchiklar yordamida insonning nafas olishini kuzatib boradi. Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, odam o‘z diqqat-e’tiborini boshqa biror nimaga qaratsa, uning nafas olishida o‘zgarish kuzatiladi. Shu sababli «Foci»dagi maxsus algoritm buni aniqlaydi va vibratsiya beradi — bu orqali u ishdan chalg‘imaslikni eslatib qo‘yadi.

Vibratsiyaga qo‘shimcha sifatida mobil dasturdan ham foydalanish mumkin, unda ishchining e’tibori turfa rangli sxema ko‘rinishida chiqarib beriladi. Ish kuni oxirida statistika bilan tanishib, uning qanchalik samarador ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.

«Foci» gadjetini 2018 yilning oktyabridan boshlab 65 dollar evaziga yetkazib berish boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring