Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xo‘jayli tumanida IT markazning ochilish marosimi o‘tkazildi

Xo‘jayli tumanida IT markazning ochilish marosimi o‘tkazildi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanida IT markazning ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Xo‘jayli tumani hokimi Jenis Yermashev va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Timur Bayekeyev va tumanning ustoz-murabbiylari, shuningdek o‘quvchi-yoshlari qatnashishdi.

Tadbirda Xo‘jayli tumani hokimi va vazirlikning Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi boshlig‘i barcha qatnashchilarni «1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» va tumandagi yangi «Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi»ning ochilishi bilan chin yurakdan tabrikladi.

Bundan so‘ng, barcha mehmonlar IT markazda yoshlarning raqamli ta’lim olishi uchun to‘garak xonalari, o‘quv zali va kerakli texnikalar bilan ta’minlanganligi va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring