Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmda «Bolalar shaharchasi» tarbiyalanuvchilari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi

Xorazmda «Bolalar shaharchasi» tarbiyalanuvchilari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Xorazm viloyati Xiva shahridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tomonidan «Bolalar shaharchasi» tarbiyalanuvchilari uchun dasturlash bo‘yicha o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi.

O‘quv kurslari IT-park hamda «Meros» jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan o‘quv kurslari kelgusida bolalar shaharchasi va mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarni egallashlari va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun zamin yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring