Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi «Chrome» yuzlab saytlar va millionlab qurilmalar uchun muammo

Yangi «Chrome» yuzlab saytlar va millionlab qurilmalar uchun muammo

Foto: «Engadget»

«Google» kompaniyasi «Chrome» brauzeri uchun yangilamada xavfsizlikka katta e’tibor qaratyapti, biroq bu yuzlab saytlar uchun boshog‘riqqa aylanishi mumkin.

Muammo shundaki, «Engadget» yozishicha, yangi «xrom» eski «Symantec» sertifikatiga ega saytlarni bloklashni boshlaydi.

Xavfsizlik bo‘yicha tadqiqotchi Skott Xelmning aniqlashicha, eng ommalashgan millionta sayt ichida yuzlab eski sertifikatlilari bor: masalan, Hindistonning federal banki sayti, Tel-Aviv hukumati sayti, «Social Science Research Network» va boshqalar. Yangi «Chrome 70» chiqadigan 16 oktyabr kunidan bu kabi saytlarning ishi og‘irlashishi aniq.

«Google Chrome» hademay «Android Jelly Bean» 4.1 va 4.3 amaliy tizimlarini qo‘llashni to‘xtatishi ham xabar qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring