Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Puliyam o‘ziga yarasha: tafsilotlar taqdimotgacha oshkor bo‘ldi —  Honor Magic 3 Pro 5G

Puliyam o‘ziga yarasha: tafsilotlar taqdimotgacha oshkor bo‘ldi —  Honor Magic 3 Pro 5G

Foto: «Equal Leaks»

«Equal Leaks» telegram-kanali Honor Magic 3 Pro 5G flagman smartfoni taqdim etilmasidan avval uning texnik xususiyatlarini oshkor qildi.

Rasmiy taqdimot 12-avgustga belgilangan.

Manbaga ishonadigan bo‘lsak, yangi smartfon diagonali 6,76 dyuymli (QHD+; 2772×1344 piksel; yangilanish chastotasi 120 Gs) qabariq AMOLED-displeyga ega. Bu ajoyib ekranni Corning Gorilla Glass Victus shisha qoplami himoyalaydi.

«Kapot» ostida Snapdragon 888+ protsessori va 5000 mAs sig‘imli akkumulyator yashiringan. Quvvatlanish simli 100 Vt hamda simsiz 50 Vt texnologiyalariga asoslanadi.

Smartfon 12 GB+256 GB va 16 GB+512 GB talqinlarida chiqarilishi kutilmoqda. Flagmanga o‘rnatilgan Android 11 tizimida Magic UI 5.0 interfeysidan foydalanilgan.

Honor Magic 3 Pro 5G smartfoni Google servislarini qo‘llashi aytilmoqda.

Puliyam o‘ziga yarasha: internetda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Honor Magic 3 Pro narxi — $772.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring