Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponlar 18 metrli robotni harakatga keltirishdi (video)

Yaponlar 18 metrli robotni harakatga keltirishdi (video)

Foto: «Twitter.com»

Bahaybat robot Yaponiyaning Iokogama shahrida vujudga keldi. Uning bo‘yi 18 metrga yetadi. Robot bosh va qo‘l-oyoqlarini qimirlata oladi.

Robot qurilishi 2020-yil boshida boshlangandi. Uni ulkan robotlarga bag‘ishlangan «Gundam Factory Yokohama» ko‘ngilochar muzey-bog‘i uchun yaratishdi. Park iyul oyida ochilishi rejalashtirilgandi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli oktyabrning boshiga ko‘chirilgandi. Keyin esa noma’lum muddatga qoldirildi. U yil davomida ochilishi kutilmoqda. «Gundam» parkning asosiy diqqatga sazovor joyiga aylanadi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu — bitta robot emas, balki odamlar tomonidan boshqariladigan robotlar jamlanmasi.

Ishlab chiqaruvchilar o‘z ixtirolarini allaqachon sinovdan o‘tkazishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan kadrlarda robotning harakatlanishini ko‘rish mumkin. U boshini buradi, qo‘llarini silkitadi va oyoqlari bilan qadam tashlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring