Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yarim tonnalik zond «kimning boshiga» qularkan?

Yarim tonnalik zond «kimning boshiga» qularkan?

Foto: «Bagnet»

Sovet ittifoqining Veneraga muvaffaqiyatsiz missiyasi mahsuli — «Kosmos 482» zondi hozir Yer orbitasini kezib yuribdi. Tobora balandlikni yo‘qotayotgan zond 2019-yildayoq Yerga qulab tushishi mumkin. Venera sayyorasining o‘ta yuqori haroratiga moslashtirilgan maxsus qoplamga ega, qariyb 500 kilogrammlik ushbu zond atmosferada yonmaydi, shu bois Yerga «bus-butun» holatda qaytadi, deb yozmoqda «Space.com».

«Kosmos 482» sayyoralararo muqobil stansiyasiga 1972-yilning 31-mart kuni start berilgan. Raketa-tashuvchining boshlang‘ich uch o‘chog‘i me’yorda ishlab bergan, biroq to‘rtinchisi pand berib, zond orbitani tark eta olmagan va g‘ayriixtiyoriy ravishda Yerning sun’iy yo‘ldoshiga aylangan.

Hozir ushbu zond orbitaning quyi qismida uchib yuribdi — uning aylanish balandligi 1 309,6 kilometr, bir yil avval qurilma 1 367 kilometr balandlikda edi. Shu tezlik ham zondning orbita bo‘ylab aylanish uchun yetarli, biroq shu pasayishda uning tezligi ham tushib boradi.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, zond 2023 va 2024-yillar oralig‘ida Yerga qulashi kerak, biroq astronom Tomas Dorman qurilma 2019-yildayoq qulab tushadi degan fikrda.

Zond qayerga qulashini oldindan aytish qiyin — orbitadan chetlashgan avvalgi yo‘ldoshlar okeanlarga tushgan. Nashrning qayd etishicha, hozircha yo‘ldosh yoinki boshqa kosmik chiqindining qulashi hech bir insonning o‘limiga sababchi bo‘lmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring