Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurishga, yugurishga, emaklashga va hatto suzishga qodir mikrorobot yaratildi (video)

Yurishga, yugurishga, emaklashga va hatto suzishga qodir mikrorobot yaratildi (video)

Foto: «Daily Tech Info»

Maks Plank nomidagi intellektual tizimlar instituti tadqiqotchilari haqiqatda universal mikrorobotni yaratdi. Mazkur robot ustiga yuk ortilgan holda yurishni, emaklashni, sakrash va suzishni eplay oladi, deb xabar berdi «Daily Tech Info».

4 millimetrli mustahkam silikon ko‘rinishidagi yangi mikrorobotga diqqat bilan e’tibor berilsa, uning harakatlari xuddi kapalak qurtinikiga o‘xshash ekanligini ko‘rish mumkin. «Biroq bizning mikrorobotimiz asosida ko‘plab tirik jonzotlarning harakati yotadi. Bular turli hashoratlar, qurtlar va hokazo», — deb yozadi tadqiqotchilar.

Mirkorobot o‘z «tanasi»ga o‘rnatilgan elastik material tarkibidagi mikrozarrali magnitlar hisobiga harakatlanadi. Uning harakatlari tashqaridan turib, magnit maydon orqali boshqariladi.

Mikrorobotning qobiliyatlari maxsus yaratilgan «to‘siqlar yo‘lagi»da namoyish etildi. Mazkur yo‘lakni bosib o‘tish uchun robot yurishga, sudralishga, sakrashga va suyuqlikdan suzib o‘tishga majbur bo‘ldi. Qiziq jihati uning ustida ma’lum miqdorda yuk bo‘lgan.

«Maqsadimiz, davolovchi vositalarni belgilangan manzilga olib borishga qodir yanada kichikroq mikrorobotni yaratish. Shu bilan birga robotdan foydalanish bemorga minimal darajada zarar yetkazishi kerak. Bemor faqatgina ichida mikrorobot bo‘lgan kapsulani yutib yuborishi lozim. Shunda robot ovqat hazm qilish tizimiga tushadi yoki uni igna yordamida qon aylanish tizimiga joylashtirish mumkin bo‘ladi. Bu orqali esa mikrorobot istalgan joyga, jumladan, miya va yurakkacha bora oladi», — deydi tadqiqotchilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring