Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurmadi. «Tesla Model X» Norvegiya o‘rmonlarida muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Yurmadi. «Tesla Model X» Norvegiya o‘rmonlarida muvaffaqiyatsizlikka uchradi

«Tesla Model X» tekis yo‘ldan chetga chiqishi bilan botib qoldi.

Foto: «InfoResist»

«Tesla» elektromobillarini ommalashtirish bilan shug‘ullanuvchi avtobloger Born Niland «Model X» Norvegiya o‘rmonlarida qanday harakatlanayotgani tasvirlangan videoni taqdim etdi, deb xabar berdi «NV.ua».

Niland og‘irligi 2600 kilogramm, «P90D» modifikatsiyasiga ega umumiy quvvati 762 ot kuchiga teng ikkita elektromotor o‘rnatilgan «Tesla Model X» elektrokorssoverining to‘liq uzatmalisini sinovdan o‘tkazdi. To‘rtta g‘ildirakdagi uzatma rostdan ham «Model X»ga qorli balandliklarga ko‘ratilishda hamda boshlang‘ich darajali pastlikka tushishda yordam berdi.

Biroq ikki tonnalik krossover tekis yo‘ldan chetga chiqishi bilan botib qoldi. Shuningdek, uning kuzoviga ham shikast yetgan.

Yaqinda Avstraliyaning Sidney shahrida istiqomat qiluvchi veterinar Sem Kovach «Tesla Model X 90D» elektrokarining eshigi o‘zidan o‘zi ochilib ketganligidan shikoyat qilgandi. Kovach endilikda o‘zini «Model X»da xavfsiz his qilmayotganini va elektrokar ishonchsiz ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring