Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 15 yoshli singlisini o‘ldirgan akaga sud hukmi o‘qildi (video)

Toshkentda 15 yoshli singlisini o‘ldirgan akaga sud hukmi o‘qildi (video)

Foto: «Uznews.uz»

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7-fevral kuni Yunusobod tumanidagi o‘z uyida 15 yashar N.E.ning jasadi topilgandi.

Sud-tibbiy ekspertizasi tomonidan qizning tanasi tekshirilganida, uning bo‘ynida bo‘g‘ish holatlari aniqlangan. Tergov tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, qizning 20 yoshli akasi ushlangandi.

«Zamon» informatsion dasturida xabar berilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi singlisini o‘ldirgan kollej talabasiga nisbatan hukm chiqardi. Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybli topilgan aka 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring