Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

120 yil ichida uy hayvoni boqmagan yagona prezident

120 yil ichida uy hayvoni boqmagan yagona prezident

FOTO: «Mir 24» / Tatyana Konstantinova

AQShda prezident saylovlarida o‘z g‘alabasini e’lon qilgan demokrat Jo Bayden oilasi mushuk boqishni rejalashtirmoqda, deydi CBS teleboshlovchisi Jey Poli.

«Jo Bayden va rafiqasi Jill Bayden Oq uyga o‘zlari bilan Meyjor va Chempion laqabli nemis ovcharkalarini olib ketish bilan kifoyalanmoqchi emas. Baydenlar ularning yoniga mushuk ham qo‘shilishini eksklyuziv ravishda e’lon qilishdi», — deb yozadi jurnalist «Twitter»da.

Mushuksimonlar oilasi vakili AQSh prezidentining Vashingtondagi qarorgohida oxirgi marta 2001-2009-yillarda Jorj Bush davrida yashagan.

Barak Obamaning Bo laqabli iti bo‘lgan, uni senator Edvard Kennedi sovg‘a qilgan.

Bill Klintonning Baddi laqabli shokoladsimon labrador va Soks laqabli mushugi bo‘lgan.

Jorj Bush prezidentlik davrida Miss Bizli va Barni laqabli ikkita skotch-tererini boqqan.

Prezident London Jonsonga qizi Yuki laqabli itni sovg‘a qilgan.

Franklin Ruzveltning ham Fala laqabli skotch-tereri bo‘lgan.

Prezident Jon Kennedning qizi Kerolaynning esa Makaroni laqabli poni oti bo‘lgan.

Vashingtonda, shuningdek, demokrat Bil Klinton va Avraam Linkoln mushugi bilan yashagan.

Tramp esa Oq uyda jonivor boqmagan. U 120 yil ichida uy hayvoni bo‘lmagan yagona prezident hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring