Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2018-yil yozining eng muhim xalqaro hodisasi kutilmoqda

2018-yil yozining eng muhim xalqaro hodisasi kutilmoqda

Foto:«Sabah.com»

Kremlning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin neytral hududda uchrashishini ma’lum qildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Ushakov kecha AQSh prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton bilan uchrashganidan so‘ng ikki davlat rahbarlari uchrashuvi haqida bayonot berdi.

Uchrashuv o‘tkaziladigan sana va joy bugun, ya’ni 28-iyun kuni ma’lum qilinadi.

Ikkala davlat rahbari avvalo yakkama-yakka uchrashadi, nonushta qilganidan so‘ng birgalikda OAV vakillari uchun brifing o‘tkazadi.

Yuriy Ushakov uchrashuv uchun har ikkala tomonga ma’qul bo‘lgan neytral hudud tanlanishini aytdi.

«AQSh va Rossiya uchun juda zarur bo‘lgan bu uchrashuv anchadan beri rejalashtirilayotgan edi. Uchrashuv 2018-yil yozining eng muhim xalqaro hodisasi bo‘ladi», – degan Yuriy Ushakov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring