Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2030 yili Ostona aholisi soni 2 millionga yetadi

2030 yili Ostona aholisi soni 2 millionga yetadi

Qozog‘iston hukumati bugun, 18 sentyabr kuni 2018-2023 yillarda Ostona shahrini qurish rejasini tasdiqladi.

Ostona shahar hokimi Baxit Sultonovning aytishicha, 2030 yili shahar aholisi 2 millionga yetadi. Shu bois hududni o‘zlashtirish kerak. Ayni paytda beshta istiqbolli hudud belgilangan – Minjildik xiyoboni, «Nurli jol» temiryo‘l vokzali, Mangelik Yel prospekti, Turon pospektining g‘arbi, Telman janubiy posyolkasi, Asan Kaygi ko‘chasini yangilash.

«Prognozlarga ko‘ra, poytaxtning hududiy yalpi ichki mahsuloti 2023 yil 70 foizgacha o‘sib, 10 trillion tengedan oshadi. Buning natijasida iqtisodiyotning yillik o‘sish sur’ati 4 dan 6 foizgacha bo‘ladi. Bundan tashqari, poytaxtda kichik va o‘rta biznes sub’yektlari soni 216 mingga yetadi. Ostona shahri har yili respublika budjetiga 14 foiz hissa qo‘shadi. Ya’ni 2018 yilda 823 milliard tenge qo‘shgan bo‘lsa, 2023 yilda 940 milliard tenge bo‘ladi», – degan shahar hokimi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring