Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Salkam 40 yil yashirinib yurgan qotil qo‘lga tushdi

Salkam 40 yil yashirinib yurgan qotil qo‘lga tushdi

Foto: «Post Register»

Uolter Jeyms Meyson 1980-yili AQShning Aydaxo shtatida bosqinchilik jinoyatini sodir etib, voqea joyidan yashiringan edi. U bosqin uyushtirgan barda uch inson jabr ko‘rgan. Bir ayolning yuziga to‘mtoq buyum bilan urgan, bir kishini to‘pponchada yelkasidan jarohatlagan, uchinchisi esa xuddi shu qurolda otib o‘ldirilgan edi.

O‘shanda 47 yoshda bo‘lgan Meysonni darhol qidirishni boshlashgan. Garchi bu ish bilan FQB, okrug sherifi, Aydaxo baliqchilik va ovchilik departamenti shug‘ullansa-da, qotil beiz yo‘qolgandi. O‘shandan beri uni birov ko‘rmagan. 2019-yilning oktyabr oyiga qadar.

Foto: «Post Register»

Oradan 39 yil o‘tib Meysonni Texas shtatida topishdi. O‘zini Uolter Jeyms Ellison deb tanishtirgan bu shaxsning aslida kimligini barmoq izlari fosh qildi, deb yozmoqda «Post Register». Biroq u aybiga iqror bo‘lmadi. Meysonni Aydaxo shtatiga olib ketishdi, 86 yoshli jinoyatchi qasddan odam o‘ldirgani uchun sudda javob beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring