Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

8-martga 3 dollar — Turkmaniston

8-martga 3 dollar — Turkmaniston

Foto: «Googleusercontent.com»

Turkmanistonda Xalqaro xotin-qizlar kuni barcha ayollarga 3 dollardan pul mukofoti beriladigan bo‘ldi, deb yozmoqda «CentralAsia».

Mamlakat hukumati yig‘ilishida prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bosh vazirning iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosariga 8-mart bayrami munosabati bilan Turkmaniston ayollariga 60 manatdan («qora kurs» bo‘yicha 3 dollar atrofida) mukofot puli ajratishga topshiriq bergan.

Pul mukofoti ishlayotgan, tahsil olayotgan hamda pensiya va nafaqa oluvchi ayollarga beriladi.

Bog‘chaga bormaydigan qizlar va uch yoshgacha farzandi bo‘lmagan ishsiz ayollar (ya’ni bola puli olmaydiganlar) bayram sovg‘asisiz qoladigan bo‘ldi, chunki ko‘zda tutilgan mukofotni moliyalashtirish maosh, pensiya va nafaqalar beruvchi tashkilotlar budjetidan amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring