Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sakkiz yoshli bolakay onasini o‘limdan saqlab qoldi

Sakkiz yoshli bolakay onasini o‘limdan saqlab qoldi

Foto: «Lenta»

Angliyaning Flintshir shahrida yashovchi 8 yoshli bola anafilaktik shokka tushgan onasini qutqarib qoldi. Bu haqda «Lenta» xabar bergan.

Ikki bolaning onasi 34 yoshli Jennifer Lemb o‘g‘li Uilyam bilan uyida o‘tirgandi. Ayol yegan shokolad kuchli allergik ta’sirlanishni chaqirib, u bo‘g‘ila boshladi. Jennifer o‘g‘lining e’tiborini jalb qilish uchun buyumlarni otib, tovush chiqarishga urindi.

Uilyam onasining yoniga yugurib kelib, ahvol yomonligini darrov angladi va «Tez yordam» chaqirdi.

Lemb o‘g‘lining qo‘ng‘irog‘ini eslaydi: «Men suhbatning hammasini yaxshi eshitmadim. Lekin uning dispetcherga: «Onamga nimadir bo‘ldi, u bo‘g‘ilyapti», degani esimda».

Bolakay shifokorning tavsiyalarini tezda bajardi: onasini polga yotqizib, nafas yo‘lini ochish uchun boshini orqaga tashladi. So‘ngra tibbiyot xodimlariga eshikni ochib qo‘yib, ularning kelishini kuta boshladi.

— Shifokorlar o‘n daqiqada yetib kelishdi, — deydi Lemb. — Biroq hayotimni, shubhasiz, bolajonim saqlab qoldi. Uels fuqarosini shifoxonaga olib borishib, allergiya sababini aniqlash uchun tahlillar olishdi.

Lemb o‘g‘liga minnatdorchilik bildirib, uni qahramon deb atadi.

O‘g‘lim maqtovdan xijolat chekdi. Fikricha, uning o‘rnida bo‘lgan har kim shunday qilgan bo‘lardi. Lekin u men uchun chinakam superyulduz. Chunki bolam endigina sakkizga to‘ldi, — deydi onasi.

Dastlab sal qo‘rqib ketdim, biroq keyin o‘zimni qo‘lga olib, tinchlandim, — deydi Uilyam.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring