Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘oniston Trampning «bir haftalik g‘alaba»siga izoh talab qildi

Afg‘oniston Trampning «bir haftalik g‘alaba»siga izoh talab qildi

Foto: «RBK»

Donald Tramp Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv avvalida Afg‘onistonda bir haftada g‘alaba qozonish mumkinligi haqida aytganini xabar bergandik.

Trampning so‘zlari afg‘on hukumatiga og‘ir botdi. Vashingtondan Trampning 7-10 kunda g‘alaba qozonish haqidagi gaplariga izoh talab qilinmoqda.

«Afg‘oniston va AQSh o‘rtasidagi serqirra aloqalarni hisobga olgan holda, Afg‘oniston islom respublikasi hukumati diplomatik vositalar va kanallar orqali AQSh prezidentining Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuvdagi bayonoti bo‘yicha tushuntirish berilishini so‘raydi», — Afg‘oniston prezidentining kotibiyati rasmiy saytiga ushbu bayonot joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Tramp Imron Xon bilan uchrashuvda AQSh Afg‘onistondagi urushni 7-10 kunda tugata olishini, ammo buni istamasligini, chunki 10 millionlab odamlar qirilib ketishi mumkinligini aytgan edi.

AQSh so‘nggi oylarda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha «Tolibon» radikal harakati bilan, mamlakatdan chet el qo‘shinlarini olib chiqib ketish va tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Kobul hukumati bilan muzokaralar olib boryapti.

Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston AQShning mamlakatda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq xorij mamlakatlari rahbarlari Afg‘oniston taqdirini uning rahbariyati ishtirokisiz hal qilishga haqli emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring