Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistonda IShID moliyachisi Mufti O‘zbek o‘ldirildi

Afg‘onistonda IShID moliyachisi Mufti O‘zbek o‘ldirildi

Foto: «AR»

Afg‘onistonda IShID rahbarlaridan biri yo‘q qilindi. Bu haqda Afg‘oniston Islom Respublikasi ichki ishlar vazirligida xabar berib o‘tilgan.

Vazirlikning xabariga ko‘ra Bog‘lon provinsiyasida maxsus kuchlar tomonidan Mufti O‘zbek o‘ldirilgan. Mufti O‘zbek IShIDni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i bo‘lgani ma’lum qilinadi. U bilan birga yana uch terrorchi yo‘q qilingan. Shu bilan birga harbiy amaliyot vaqtida ko‘p miqdorda qurol-yarog‘ qo‘lga kiritildi.

2018 yilning dekabr oyi oxirlarida Afg‘onistonda IShIDning Pokiston va Afg‘oniston bo‘yicha barcha bo‘limlari rahbari Sulton Aziz A’zam o‘ldirilgani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring