Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistonda general jangarilar tuzog‘iga tushdi

Afg‘onistonda general jangarilar tuzog‘iga tushdi

Foto: «Nv.ua»

«Tolibon» jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Faryob viloyati Almar tumanida bomba portlatishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Faryob hokimligi mutasaddisi Ahmad Jovib Bidorning aytishicha, jangarilar Almar tumanining Cho‘ymat qishlog‘ida yo‘l chetiga bomba o‘rnatib, qo‘mondon Foruq Qatoning o‘tishini poylagan. Zirhli mashinada o‘tayotgan paytda bombani portlatgan.

Portlash oqibatida general va mashinadagi uch kishi halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring