Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistonda tolibonlar tunda hujum qilib, sakkiz askarni o‘ldirishdi

Afg‘onistonda tolibonlar tunda hujum qilib, sakkiz askarni o‘ldirishdi

Foto: «AP Photo / Rahmat Gul»

Afg‘oniston sharqida Nangarxar viloyatining nazorat-o‘tkazish punktida tolibonlar tomonidan uyushtirilgan hujum natijasida sakkiz nafar askar halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib «RIA Novosti» xabar berdi.

«Tolibonlar tunda Nangarxar viloyatining sharqidagi Kuzbaxar tumani nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qilib, sakkiz nafar askarni o‘ldirdi va yana uch kishini yaraladi», — deya ma’lum qilgan manba.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari bilan tolibonlar o‘rtasida qarama-qarshiliklar davom etmoqda. Tolibonlar qishloq joylarda katta hududlarni o‘z nazoratiga olib, yirik shaharlarga hujum qilishni boshlab yuborishgan.

Mamlakatdaga beqarorlik Amerika qo‘shinlarini olib chiqqandan so‘ng yanada avj olgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring