Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston–Eron chegarasida eronlik ikki harbiy halok bo‘ldi

Afg‘oniston–Eron chegarasida eronlik ikki harbiy halok bo‘ldi

Foto: Fotolia / dalajlama

Afg‘oniston–Eron chegarasida eronlik ikki harbiy terrorchilar bilan otishmada halok bo‘ldi, uch nafari og‘ir jarohatlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Tasnim» axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum Siston va Belujiston viloyatlari chegarasida sodir bo‘lgan.

Futbol bo‘yicha jahon chempionati doirasidagi Eron va Ispaniya terma jamoalari o‘yini paytida terrorchilar chegarachilarga hujum qilishgan.

Ushbu viloyat chegara hududida ahyon-ahyonda eronlik chegarachilar qo‘shni Pokiston va Afg‘onistondagi jangarilar bilan to‘qnashib turishadi.

Terrorchilar Eron hududida qo‘poruvchilik qilmoqchi bo‘lishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring