Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afrikada qancha milliarder yashaydi?

Afrikada qancha milliarder yashaydi?

Keniya poytaxti — Nayrobi.

Foto: «SUITCASE Magazine»

«Afraziya» banki Afrika mamlakatlari farovonlik darajasiga bag‘ishlangan hisobotini chiqardi. 2019-yilgi holat aksini topgan o‘ziga xos ushbu reytingda 356 nafar milliarder yashovchi Keniya Sharqiy Afrika mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda turishi aniqlandi.

Mintaqada keyingi o‘rinni Tanzaniya band etdi — 99 nafar milliarder. Hisobida milliardlab AQSh dollariga ega 67 nafar inson Ugandada, 30 nafari esa Ruandada yashaydi.

Ma’lumot o‘rnida: Hududining kattaligi bo‘yicha jahonda 144-o‘rinda (26 338 kv. km. (o‘zimizning Qashqadaryo viloyatidan ham kichik) turuvchi Ruanda mamlakatida 12 milliondan ko‘proq aholi yashaydi.

Ammo eng ko‘p milliarderlar Afrikaning boshqa, boyroq mamlakatlarida jam bo‘lgan. Masalan, JAR bu jabhada yaqqol peshqadam — 2169 nafar milliarder, keyingi o‘rinlarda Misr (932 nafar milliarder) va Nigeriya (531 nafar milliarder).

Hisobotda Keniya poytaxti Nayrobi kapital miqdori bo‘yicha qo‘shni Tanzaniya poytaxti Dor-us-Salomni ikki hissa orta qoldirayotgani ham ko‘rsatilgan. Nayrobi — 49 mlrd. AQSh dollari, Dor-us-Salom — 24 mlrd. AQSh dollari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring