Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aliyev yana sudga tortilmoqda

Aliyev yana sudga tortilmoqda

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Yaqin o‘tmishning taniqli futbolchisi, ukrainalik Aleksandr Aliyev ustidan sobiq xotini Tatyana yana sudga murojaat qildi. Bu safar u suddan sobiq turmush o‘rtog‘iga «o‘zi va farzandlariga yaqin yo‘lamaslik majburiyati» yuklatilishini so‘ramoqda.

«Agar to‘satdan g‘oyib bo‘lsam, bilingki, bosh gumondor u! U meni domiy ravishda ta’qibga olmoqda, tahdidlar qilmoqda. Meni kvartiradan haydab solgani-chi?! Kamiga qizimga «endi onang yo‘q», deb ovozli SMS yuboribdi?! Jonim hiqqildog‘imga keldi, axir?!» – deya zorlanadi Tatyana xonim.

E’tiborlisi, Aleksandr Aliyev o‘ziga nisbatan bildirilgan ayblovlardan tonayotgani yo‘q: «Ha, uni kvartiradan haydab soldim, chunki bu uy – mening bolalarimniki, ular uchun olib berganman. Farzandlarimning muhtojlik joyi yo‘q, ta’minoti bekamu ko‘st! Biroq unga (Tatyanaga) bir tiyinni ham ravo ko‘rmayman, hech qachon!»

Kiyevning «Dinamo» va Moskvaning «Lokomotiv» klublaridagi betakror o‘yinlari bilan tilga tushgan Aleksandr Aliyev butsasini nisbatan ertaroq mixga ilgan. Ayni paytda havaskor darajadagi jamoalarda murabbiylik qilib yurgan sobiq futbolchi og‘ir tabiatga ega. Shu tufayli ikki nafar farzandi bo‘lishiga qaramay, xotini bilan uch yil avval ajrashgan. Bungacha unga nisbatan besh marta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum. Har safar sobiq futbolchi xotinini kaltaklagani sabab huquqni muhofaza qiluvchi organlarda «mehmon» bo‘ladi. Bu safar ham shu ahvol...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring