Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerika kubogi arafasida. Braziliyada 45 million kishi namoyishga chiqdi

Amerika kubogi arafasida. Braziliyada 45 million kishi namoyishga chiqdi

Foto: «AP»

«RIA Novosti» xabariga ko‘ra, kecha, 14-iyun kuni Amerika kubogi uchun musobaqalarga start berilishi arafasida Braziliyaning ko‘plab shaharlarida millionlab kishilar o‘tkazilajak pensiya islohotiga qarshi namoyishga chiqishdi.

«Todo Noticias» kanali ma’lumot berishicha, namoyishlar mamlakatdagi 300 ta shaharni qamrab olgan. Jair Bolsonaru shu yil boshida prezidentlikka kelganidan beri ilk marotaba eng yirik kasaba uyushmalari kuchlarni birlashtirib, namoyishga chiqdi.

Ish tashlashlarda 45 million kishi qatnashmoqda, mamlakatning 27 ta shtatida odamlar noroziliklarini ifodalash uchun ko‘chalarga chiqqan. San-Paulu, Rio-de-Janeyro va Fos-du-Iguasu kabi shaharlarda to‘qnashuvlar sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Eng ko‘p odamlar namoyishga chiqqan San-Paulu shahrida kecha Braziliya — Boliviya (3:0) o‘yini bilan Amerika kubogiga start berildi. Shaharga kelgan ko‘p sonli sayyohlar qisman ishlamayotgan jamoat transportidagi muammolar sabab mushkul ahvolda qolishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring