Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikadagi dahshatli yong‘in oqibatlari (video)

Amerikadagi dahshatli yong‘in oqibatlari (video)

Foto: «Uz.sputniknews.ru»

Amerika OAV tutuni Kaliforniya shtatining katta-katta shaharlarini qamrab olgan qo‘rqinchli o‘rmon yong‘inlarining video tasvirlarini namoyish etishdi. Voqea joyidan olingan kadrlar «CBS This Morning»ning YouTube kanaliga joylangan.

Tutun Los-Anjeles va San-Fransisko osmonini butunlay chulg‘ab olib, yeru ko‘kni to‘q sariq-qizg‘ish tusga burkagan. Mahalliy aholi yuz berayotgan voqea-hodisalarni oxir zamonga qiyoslashmoqda.

Kamida yetti kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgani aytilmoqda. Kaliforniya va qo‘shni Oregon shtatida minglab uylar vayron bo‘lgan, uch milliondan ortiq kishi katta xavfdan ogohlantirilgan. Bir vaqtning o‘zida 28 ta yong‘in — 930 ming gektar o‘rmon yonmoqda. «New York Times»ning xabariga ko‘ra, joriy yil mobaynida o‘tgan yilgiga qaraganda 20 baravar ko‘p o‘rmon yonib kul bo‘lgan.

O‘rmon yong‘inlari AQSh g‘arbiy sohillarida har yili kuzatiladi. Biroq odatda sentyabrning boshlarida bu darajada kuchli bo‘lmasdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hammasiga iqlim o‘zgarishlari sababchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring