Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amirliklarga borish yanayam osonlashadi — yangi turdagi vizalar chiqarilmoqda

Amirliklarga borish yanayam osonlashadi — yangi turdagi vizalar chiqarilmoqda

Birlashgan Arab Amirliklariga borishni rejalashtirayotgan sayyohlar tez orada besh yil muddatga ko‘p martalik vizalar olishadi. «Rosbalt» xabariga ko‘ra, bu haqda BAA bosh vaziri Muhammad bin Rashid Ol Maktum tvitterda yozdi.

Bosh vazir yangi yilda vazirlar mahkamasi o‘tkazgan ilk majlisda ushbu qarorga kelinganini ma’lum qildi.

«Biz mamlakatdagi sayyohlik vizalari tizimiga o‘zgartirishlar kiritdik. Ko‘p marta foydalanishga mo‘ljallangan sayyohlik vizasi barcha mamlaktlarning fuqarolari uchun besh yilgacha amal qiladi», — deyiladi xabarda.

BAAga har yili 21 milliondan ziyod sayyoh keladi, mamlakat jahondagi bosh turistik yo‘nalish maqomiga da’vogar sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring