Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amirliklarda olti yilda 8,8 mlrd. dollarlik uy-joy quriladi

Amirliklarda olti yilda 8,8 mlrd. dollarlik uy-joy quriladi

Foto: «1ZOOM.RU»

Birlashgan arab amirliklari vitse-prezidenti, bosh vazir hamda Dubay hukmdori shayx Muhammad ibn Rashid al-Maqtum 32 mlrd. dirham (8,8 mlrd. dollar) sarflanuvchi 34 mingta uy-joy qurilishi loyihasini tasdiqladi. Bu haqda Qatarning «Al Jazeera» yangiliklar agentligi xabar berdi.

Loyihaga ko‘ra, uy-joylar olti yilda qurib bitkaziladi.

Muhammad ibn Rashid al-Maqtumning ta’kidlashicha, maoshi oyiga 15 ming dirham (4 ming dollar) bo‘lgan BAA fuqarolari ushbu uylarni olishga moddiy yordam uchun ariza topshirishlari mumkin.

Shayx Zaydning turarjoy dasturiga kiruvchi ushbu uylarni imtiyoz bilan qo‘lga kiritish uchun ilgari oyiga 10 ming dirham (2700 dollar) maosh ham yetarli edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring