Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amur ko‘prigi. Xitoy qurdi, Rossiya ulgurmadi

Amur ko‘prigi. Xitoy qurdi, Rossiya ulgurmadi

Foto: hb.xinhuanet.com

Xitoy Amur daryosi ustidan o‘tuvchi birinchi temiryo‘l ko‘prigining o‘ziga qarashli qismini qurib bitkazdi. Ko‘prik Rossiyaning Yevrey avtonom oblastini Xitoyning Xeylunszyan provinsiyasi bilan bog‘laydi. Ammo...

Rossiya o‘ziga qarashli qismni qurib bitkazgani yo‘q.

Loyihaga ko‘ra, ko‘prikning umumiy uzunligi 2215 metr bo‘lib, shundan 1886 metri (qurib bitkazilgan qismi) Xitoy hududida joylashgan. Xitoyliklar 2014-yildan ishga kirishishdi va rejani vaqtida uddalashdi.

Rossiyaliklar esa ko‘prikning o‘zlariga tegishli 329 metrlik  qismini qurib bitkazishga ulgurishmadi. Ko‘prik 2018-yilda foydalanishga topshirilishi kerak edi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring