Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angela Merkel siyosatdan ketsa nima bilan shug‘ullanmoqchi?

Angela Merkel siyosatdan ketsa nima bilan shug‘ullanmoqchi?

Foto: «DW»

«Kanslerlik lavozimidan ketganim bilan menga doktorlik darajasini taqdim etgan barcha universitetlar nomimni hali ko‘p eshitishadi», — dedi Angela Merkel Leypsigdagi Oliy menejment maktabida qilgan chiqishida. Bu haqda «Svpressa» xabar bermoqda.

Bundan anglash qiyinmaski, Merkel qolgan umrini ilm-fanga bag‘ishlamoqchi. Darvoqe, Angela Merkel siyosatga kirib kelguniga qadar Leypsig universitetining fizika fakultetida o‘qigan. Keyin GDR Fanlar akademiyasining Berlin fizikaviy kimyo institutida kvantli kimyo bo‘yicha dissertatsiya himoya qilgan. Tabiiy fanlar bo‘yicha doktorlik darajasiga ega.


Mavzuga oid: «Xaridni supermarketda qilaman». Bugun 65 yoshini nishonlayotgan Germaniya kansleri Angela Merkel bolaligi, shaxsiy hayoti va siyosiy faoliyati haqida


Eslatib o‘tamiz, Angela Merkelning kanslerlik vakolatlari 2021-yilda tugaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring