Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh 30 yil ichida Erondan ikkinchi marta neft sotib oldi

AQSh 30 yil ichida Erondan ikkinchi marta neft sotib oldi

Foto: «Nena News»

AQSh 2021-yilning mart oyida Erondan 1,033 mln. barrel neft va neft mahsulotlari import qildi. AQSh energetika vazirligi (EIA) ma’lumotlari bunga shohidlik beradi.

Ushbu yetkazma 1991-yil, AQSh Eron nefti importini to‘xtatganidan beri ikkinchisi bo‘ldi. EIA ma’lumotlariga ko‘ra, birinchisi 2020 oktyabrida yetkazilgan, o‘shanda 1,111 mln. barrel Eron nefti keltirilgan edi.

Qo‘shma Shtatlar Eron neftiga sanksiyalarni hamon saqlab turibdi va fors nefti importyorlariga ikkilamchi sanksiyalar joriy etish bilan tahdid qilib keladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil may oyida AQSh Eron bilan yadroviy bitimdan chiqqan va Tehronga sanksiyalar qo‘llagan, Eron bilan savdo qilayotgan mamlakatlarga esa ikkilamchi sanksiyalar joriy etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring