Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh besh ming nafar harbiyni Afg‘onistondan olib chiqishga tayyor

AQSh besh ming nafar harbiyni Afg‘onistondan olib chiqishga tayyor

Foto: «Reuters»

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodning bayonotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar, tolibon bilan bilan kelishuv loyihasiga muvofiq, Afg‘onistondan besh ming nafar harbiyni 135 kun mobaynida olib chiqishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda RT xabar berdi.

Xalilzod «TOLOnews»ga intervyusida aytishicha, kelishuvga hali so‘nggi nuqtani AQSh prezidenti Donald Tramp qo‘yishi kerak.

Xalilzod 1-sentyabr kuni Afg‘onistonning «Talibon» radikal harakati bilan muzokaralarning to‘qqizinchi bosqichi yakuniga yetganini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, tomonlar kelishuvga erishish arafasida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring