Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Eronga qanday holatda zarba berishi mumkin?

AQSh Eronga qanday holatda zarba berishi mumkin?

Foto: «AP»

AQSh mudofaa vazirligi Eronga qarshi harbiy kuch ishlatishi jahon hamjamiyatining roziligi bilan bo‘lishini inkor etmadi, biroq bir istisno bor — Tehron Amerika xalqiga yoki ob’yektlariga daxl qilganida hech qanday ruxsatlarga qarab o‘tirilmaydi. Bu haqda TASS bugun, 19-iyun kuni AQSh Qurolli kuchlarining Shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari — general Pol Selvaga asoslanib xabar tarqatdi.

General Selva Ummon ko‘rfazidagi hodisalar Vashington va Tehron o‘rtasidagi ziddiyatni yanada kuchaytirganini ta’kidlarkan, bu yerda Qurolli kuchlarning vazifasi dengizda suzish tamoyillari erkinligini mudofaa qilish ekaniga urg‘u berdi. Endi gap jahon hamjamiyati ushbu missiyani qanchalik qo‘llab-quuvatlashiga bog‘liq.

«Agarda eronliklar AQSh fuqarolari, vositalari yoki Qurolli kuchlarini zarba ostiga olsalar, harbiy kuch ishlatish mas’uliyatini biz to‘lig‘icha o‘z zimmamizga olamiz. Ular buni bilib qo‘yishlari shart», — dedi general Selva.

Uning fikricha, Eron AQSh oldin bunday hodisalarga ko‘z yumganidan foydalanib qolmoqchi. Ammo endi bunaqasi ketmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 13-iyun kuni Ummon ko‘rfazida «Front Altair» hamda «Kokuka Courageous» tankerlariga hujum uyushtirilgan. «Front Altair» yonilg‘i tashuvchisi ekipaji Rossiya, Gruziya va Filippin fuqarolaridan tashkil topgan. AQSh bu voqealarda aybni Eronga to‘nkayapti. Eron esa ayblov asossiz ekanini ta’kidlashdan charchamayapti. Eronliklarni ayblovchilar qatoriga keyinchalik Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni qo‘shildi. Rossiya esa Eronning yonini olmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring