Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh harbiylari rumin dalalarini payhon qilib tashladi

AQSh harbiylari rumin dalalarini payhon qilib tashladi

Illyustrativ foto

«REGNUM» yozishicha, NATOning Ruminiyadagi o‘quvlari chog‘i AQSh harbiy xizmatchilari joylashgan bronemashinalar kutilmaganda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirilayotgan dalalarda  paydo bo‘lib, ko‘p ekinlarni payhon qilib tashlagan. Bu haqda Ruminiya mudofaa vazirligining matbuot xizmati xabar bergan.

Idora xabariga ko‘ra, amerikalik harbiylarning fermerlarga qarashli dalalarga kirib ketishiga sabab — noqulay ob-havo. «Adeverul» gazetasi esa voqeani boshqacharoq tasvirladi: bug‘doyzorlar, jo‘xori va kungaboqar maydonlarida tanklarning paydo bo‘lishidan mahalliy fermerlar sarosimaga tushib qolgan. Dalalarda ishlayotgan dehqonlar hatto harbiylar bilan murosa qilishga ham urinib ko‘rishgan, biroq ular o‘z bilganidan qolmay yo‘lida davom etgan. Amerikaliklar tomonidan o‘t ochilishi esa hammasidan oshib tushdi — mahalliy aholi o‘rtasida vahima uyg‘ondi.

Ta’kidlashlaricha, ayni paytda hodisa komissiya (uning tarkibida AQSh mudofa vazirligi vakillari ham bor) tomonidan o‘rganilmoqda. Yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash uchun mahalliy hokimlik vakillari va yer egalari bilan uchrashuv o‘tkazilgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring