Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh strategik bombardimonchi samolyotlarini Eronga yaqin hududga yo‘naltirdi

AQSh strategik bombardimonchi samolyotlarini Eronga yaqin hududga yo‘naltirdi

Foto: «Militaryarms.ru»

AQSh qurolli kuchlari qo‘mondonligi o‘z strategik bombardimonchi «V-52» samolyotlarini Luizianadagi aviabazadan Hind okeanidagi Diyego-Garsiya oroliga yo‘naltirdi. Bu haqda «REGNUM» xabar berdi.

«V-52» samolyotlari chindan ham Eron Islom Respublikasiga yaqin hududga yo‘naltirilganini Pentagon inkor etmayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Diyego-Garsiya tomon oltita «V-52» parvoz qilgan.

Amerika harbiy mahkamasidagi manba bu jangovar samolyotlar Eronga qarshi qo‘llanilishi mumkinligini tasdiqlagan, biroq aniq bir topshiriq kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, amerikaliklar general Sulaymoniyni o‘ldirishganidan so‘ng Eron hukumati qattiq o‘ch olishga va’da bergandi. AQSh prezidenti Tramp esa bunga javoban Erondagi 52 ta ob’yektga zarbalar berilishi mukinligidan ogohlantirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring