Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ziddiyatga yana bir bahona topildi

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ziddiyatga yana bir bahona topildi

Foto:«BitNovosti.com»

AQSh Tayvanga 1,8 milliard dollar atrofida qurol-yarog‘ sotilishini ma’qulladi, bu esa Xitoy bilan ziddiyatni kuchaytirishi mumkin. Bu haqda «BBC» yozmoqda.

Pentagonning ta’kidlashicha, kelishuv uchta qurol tizimidan iborat, jumladan raketa uchirish moslamalari, datchiklar va artilleriya.

O‘zini mustaqil mamlakat deb hisoblaydigan Tayvanni Xitoy bo‘lginchi viloyat sifatida ko‘rmoqda. So‘nggi yillarda keskinliklar kuchaygan va Pekin orolni qaytarib olish uchun kuch ishlatilishini istisno qilmayapti.

O‘tgan hafta AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert Charlz O‘Brayen Xitoy Tayvanni bosib olishga tayyorligiga ishonmasa-da, orol kelajak uchun «o‘zini mustahkamlashi» kerakligini aytdi.

Tayvan mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, qurol-yarog‘ unga «ishonchli jangovar qobiliyatni shakllantirishga va assimetrik urush rivojlanishini kuchaytirishga» yordam beradi.

So‘nggi oylarda AQSh Tayvan bilan aloqalarni kuchaytirmoqda. Orolga AQShlik yirik siyosatchilar tashrifi kuzatildi. 

Pekin bu aloqalarni qattiq tanqid qilib, AQShni «Xitoy-AQSh munosabatlariga jiddiy ziyon yetkazmaslik»da  ogohlantirdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring