Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh vitse-prezidenti rahbaridan uch barobar ko‘p daromad topdi

AQSh vitse-prezidenti rahbaridan uch barobar ko‘p daromad topdi

AQSh prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi Jil 2020-yilda 607 336 dollar ishlab topgan. Prezident va uning rafiqasining soliq deklaratsiyalari Oq uy veb-saytida e’lon qilindi.

Xabar qilinishicha, er-xotin daromad solig‘i bo‘yicha 157,414 dollar, shuningdek Delaver shtatida yana 29 ming dollar va Virjiniyada 443 dollar soliq to‘lashgan. Shuningdek, ular 30704 AQSh dollarini xayriya ishlariga, shu jumladan 2015 yilda vafot etgan Baydenning o‘g‘li Bo nomidagi jamg‘armaga 10000 AQSh dollari miqdorida mablag ajratganlar.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris va uning eri 1 695 225 dollar ishlab topishga muvaffaq bo‘lishgan va 621 893 dollarni federal daromad solig‘ini to‘lashdi. Bundan tashqari, ular Kaliforniya soliqlariga 125 ming dollar va Kolumbiya okrugi uchun 57 ming dollar xayriya qildilar. Shuningdek, oila xayriya ishlariga 27 ming dollar sarflagan.

Shu tariqa, Xarris o‘tgan yili Baydendan qariyb uch baravar ko‘p ishlab topgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring