Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda noma’lum odamlar maktab avtobusini o‘qqa tutdi

AQShda noma’lum odamlar maktab avtobusini o‘qqa tutdi

AQShning Pittsburg shahrida noma’lum shaxslar maktab avtobusini o‘qqa tutdi. Bu haqda shahar politsiyasi o‘zining Twitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, hodisa vaqtida avtobusda faqat o‘quvchi va haydovchi bo‘lgan. Jabrlanuvchi 15 yoshli o‘smir og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Keyinroq u shifoxonada vafot etgan.

«Uning ko‘kragidan kamida bitta o‘q jarohati bor edi. U maktab avtobusida o‘tirganida otib tashlandi. Shifokorlar uni og‘ir ahvolda kasalxonaga olib ketishdi. Boshqa hech kim jabrlanmadi», — deyiladi politsiya xabarida.

Hozirda politsiya kamida ikki gumonlanuvchini qidirmoqda.

Avtobus o‘qqa tutilganidan keyin maktab vaqtincha yopilgan, hozirda muassasa ish faoliyati tiklangan. Politsiya voqea joyini o‘rganmoqda. Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring