Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda so‘nggi 70 yil ichida ilk bor ayol kishi qatl etildi. U nimada ayblangandi?

AQShda so‘nggi 70 yil ichida ilk bor ayol kishi qatl etildi. U nimada ayblangandi?

Foto: «Oxygen.com»

AQSh hukumati oxirgi 70 yil ichida birinchi marta ayolning o‘lim jazosini ijro etdi, deb yozadi «The New York Times».

Jazoga hukm etilgan Liza Montgomeri 2004 yilda homilador ayolni shafqatsizlarcha o‘ldirganlikda aybdor deb topildi.

Hukm oldinroq 8-dekabr kuni Indiana shtatida ijro etilishi rejalashtirilgandi. Keyinchalik sud qaroriga binoan o‘lim jazosi 12-yanvarga qoldirildi. 11-yanvar kuni Indiana sudi Montgomeridagi ruhiy muammolar sababli ayolni qatl etishni federal darajada keyinga qoldirdi. Biroq AQSh Oliy sudi 12-yanvar kuni kechqurun bu qarorni rad etib, o‘lim jazosini ijro etishga ruxsat berdi.

Nashrning yozishicha, Montgomerini qatl etish Indiana shtatidagi Terre-Xot turmasida in’yeksiya orqali amalga oshirilgan. Ayolning o‘limi 13-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 01:31 da (Toshkent vaqti bilan 11:31) qayd etildi.

Montgomerining advokati Kelli Xenrining aytishicha, AQSh rasmiylari «ruhiy kasallik»dan qiynalayotgan mijozini qatl etib qonunni buzishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring