Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda tornado yuz berdi: qurbonlar bor

AQShda tornado yuz berdi: qurbonlar bor

Foto: «Korrespondent.net»

AQShning Alabama shtati Li okrugida tornado yuz berishi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net». Bundan tashqari bir necha kishi jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Okrug sherifi Jey Jonsning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni ortishi mumkin, sababi hozirda ko‘pchilik bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, tornadodan eng ko‘p Boregar aholi punkti zarar ko‘rgan. U yerdagi ko‘plab uylar buzilgan yoki zarar ko‘rgan.

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida okrugda bugun, 4 mart kuni barcha maktablar yopiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring