Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda Trampni zaharlashga urinishdi

AQShda Trampni zaharlashga urinishdi

Foto: «Sobytiya.net»

Amerikalik huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari AQSh prezidenti Donald Trampga yuborilgan zaharlangan maktubni ushlab qolishdi, deb xabar berdi CNN telekanali.

Hodisa AQSh maxfiy xizmati va Federal tergov byurosi tomonidan tekshirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident nomiga yuborilgan xatni tekshirish paytida unda ritsin – o‘simlikdan olingan zaharlangan modda borligi aniqlangan. Idoraning bayonot berishicha, maktub Kanadadan yuborilgan, xat egasi hali qo‘lga olingani yo‘q.

Ritsin – kanakunjutdan olingan zaharli modda. Uni yutib yuborganda ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ichki qon ketishini keltirib chiqaradi. Hatto, ichki a’zolar faoliyatining yetishmovchiligi va o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin. Ritsinga qarshi ziddizahar mavjud emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring