Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShdagi bayramda bolalar konfet va ustara tig‘i bilan «mehmon qilindi»

AQShdagi bayramda bolalar konfet va ustara tig‘i bilan «mehmon qilindi»

Foto: «mir24.tv»

Amerikaning Konnektikut shtati politsiyasi Xellouin bayramida bolalarni konfet va ustara tig‘i bilan «mehmon qilgan» fuqaroni hibsga oldi, deb xabar berdi «mir24.tv».

Politsiyaga konfetlar orasida o‘tkir tig‘larni topgan bolalarning ota-onalaridan shikoyat kelib tushgan. Ko‘p o‘tmay bolalarni antiqa sovg‘alar bilan «mehmon qilgan» kishi aniqlangan. Gumondor shaxs 37 yoshli Jeyson Rach bo‘lib chiqdi. Uning aytishicha, ustara tig‘i konfetlarga solingan kosaga bexosdan tushib qolgan.

Shu bilan birga, gumonlanuvchi shaxsning uyida 3 yoshli bolakay ham bo‘lgan. U ham kosadagi konfetlardan olgan bo‘lishi mumkin. Politsiyaning ta’kidlashicha, ustara tig‘i konfetlarning ichiga yashirib qo‘yilmagan. Rach balog‘atga yetmaganlarga jarohat yetkazish xavfi hamda politsiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatganlikda ayblanmoqda.

«REGNUM»ning xabar berishicha, 31-oktyabr kuni Kanadaning Koldbruk shahrida bir odam yosh bolalarni tarkibida nasha bo‘lgan shirinliklar bilan mehmon qilgan. Eng qizig‘i, konfetlarning qog‘ozida tarkibida giyohvand moddalar borligi qayd etilgan. Bolaning ota-onasi shu zahoti politsiyaga murojaat qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring