Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShdagi saylovlardan bir kun oldin Yerga asteroid qulash xavfi bor

AQShdagi saylovlardan bir kun oldin Yerga asteroid qulash xavfi bor

Foto: «Argumenti.ru»

Sovitkich kattaligidagi asteroid AQShda prezidentlik saylovlaridan bir kun oldin Yerga qulashi mumkin, deya ta’kidlaydi amerikalik astrofizik Nil Degrass Tayson.

«2018VP1 asteroidi — sovitkich kattaligidagi kosmik tosh soatiga 25 ming mil (soatiga 40,2 ming kilometr — tahr.) tezlik bilan biz tomon uchib kelyapti. U 2-noyabr — prezident saylovlaridan bir kun oldin Yer bilan to‘qnashishi mumkin», — deb yozadi olim «Instagram»da.

Taysonning qayd etishicha, asteroid zarar yetkazadigan darajada katta emas.

«Shunday ekan, 2020-yilda oxir zamon bo‘lgan taqdirda ham, bunga koinotning daxli bo‘lmaydi», — deydi u.

Avgust oyida NASA 2-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan taxminan soat 20:33 larda 2018 VP1 asteroidi Yerga juda yaqin kelishini xabar bergandi. Astronomlarning fikriga ko‘ra, u Yerdan 384 ming kilometr uzoqlikdan uchib o‘tadi. Asteroidning Yer atmosferasiga kirish ehtimoli 240 dan bir yoki 0,41 foizni tashkil etadi.

2018 VP1 asteroidi 2018-yil 3-noyabr kuni topilgan. U «Apollonlar», ya’ni parvoz yo‘li Yer orbitasini kesib o‘tadigan asteroidlar guruhiga mansub.

AQShda prezident saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bir nechta shtatlarda muddatidan oldin ovoz berish allaqachon boshlangan. AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘ygan. U demokratlardan nomzod Do Bayden bilan kurashadi. Nafaqat AQSh prezidenti, balki Senatning uchdan bir qismi, Vakillarning to‘liq palatasi, shuningdek, bir qator gubernatorlar va mahalliy qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarning minglab deputatlari saylanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring