Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning davlat qarzi yangi rekordlarni qayd etmoqda

AQShning davlat qarzi yangi rekordlarni qayd etmoqda

AQShning davlat qarzi rekord darajani, 23 trillion dollardan ziyodni tashkil etdi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Donald Tramp prezidentlik lavozimiga kirishganda qarz 20 trillion dollardan kam bo‘lgan. Ammo, federal budjet taqchilligi ko‘payishi sababli qarz tez suratlarda o‘sib borgan.

Ushbu qarzning 17 trillioni fuqarolar va moliya institutlari qo‘lida, qolgan 6 trillioni federal hukumatning turli institutlari o‘rtasidagi kreditlarni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh davlat qarzi 2019 yilning fevral oyida tarixda ilk bor 22 trillion dollarga yetgan edi. Oradan 9 oy o‘tib, qarz yana 1 trillionga oshdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring