Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armiya Pashinyandan ketishni talab qildi, bosh vazir buni «to‘ntarishga urinish» deb atamoqda

Armiya Pashinyandan ketishni talab qildi, bosh vazir buni «to‘ntarishga urinish» deb atamoqda

Foto:«BBC»

Armaniston armiyasi rahbariyati Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib chiqdi.

Respublika prezidenti Armen Sarkisyan Pashinyanning taklifiga binoan armiya Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryanni ishdan bo‘shatgan, u hukumat rahbarining Rossiyaning «Iskander» majmualari haqidagi so‘zlariga kesatiq bilan munosabat bildirgandi. Xachatryanning ketishi armiyada keskin norozilikni keltirib chiqargan. 

Eslatib o‘tamiz, Pashinyan avvalroq, Qorabog‘dagi urushda ushbu qurollar pand bergani xususida gapirgan. 

«Armaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi birinchi o‘rinbosari asossiz sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shatilganligiga o‘z noroziligini bildiradi» - deyiladi bayonotda. Unda Pashinyan boshchiligidagi hukumat mamlakat emas, o‘z manfaatidan kelib chiqib qarorlar chiqarayotgani ham aytib o‘tilgan. 

Ushbu bayonotlar ketidan mamlakatdagi siyosiy vaziyat yana beqarorlashish tomon ketmoqda. Pashinyan o‘z tarafdorlarini ko‘chaga chiqishga chorlab, harbiy ma’muriyatning talabini «to‘ntarishga urinish» deb baholadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring