Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avstraliya o‘rmon yong‘inlarining tutuni Chiliga yetib keldi

Avstraliya o‘rmon yong‘inlarining tutuni Chiliga yetib keldi

Foto: «Zn.ua»

Avstraliya o‘rmonlarini qurshab olgan olgan yong‘inlardan chiqqan tutunlar Janubiy Amerikagacha yetib keldi, xususan, Chili markaziy va janubiy hududlari osmoni katta qismi qo‘ng‘ir tutun bilan qoplandi. Bu haqda Chili meteorologiya xizmati tvitterda xabar berdi.

«Ushbu tasvirlarda Avstraliya yong‘inlaridan paydo bo‘lgan och qo‘ng‘ir tusdagi tutunni ko‘ryapsiz. Bu tutun havo oqimi orqali Chili va Argentinaga yetib keldi», — deyiladi xabarda.

Avstraliyada o‘tgan yilning sentyabr oyida boshlangan o‘rmon yong‘inlari 5,1 million gektar maydonni egallab olib, 17 kishini hayotdan olib ketdi. Davlat va federal hukumatlar o‘z kuchlari va xorijliklar yoramida yong‘inga qarshi kurashmoqda. Ammo jazirama issiq, qurg‘oqchilik va kuchli shamol ularning ishini og‘irlashtirmoqda. Materikdagi yong‘in ko‘lami shunchalik kengki, hatto sun’iy yo‘ldoshlarda ham yaqqol ko‘rinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring