Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avstraliyada narkotiklarga to‘la furgon politsiya mashinasiga borib urildi...

Avstraliyada narkotiklarga to‘la furgon politsiya mashinasiga borib urildi...

Foto: «NSW Police Force»

Avstraliyada g‘alati voqea yuz berdi: giyohvand moddalarni olib ketayotgan furgon yo‘l chekkasida turgan patrul xizmati mashinalarini pachoqlab o‘tib ketdi. «SBS News» yozishicha, voqea 22-iyul kuni Sidney chekkasidagi Istvud tumanida, politsiya uchastkasi yonginasida sodir bo‘lgan.

Qilg‘ilikni qilib qo‘ygan furgon haydovchisi to‘xtamasdan yo‘lda davom etgan, ammo bir soatga qolmay qo‘lga tushgan.

Avvaliga yo‘l qoidabuzarini tutdik deb o‘ylagan politsiyachilar furgonni tintib, ko‘zlariga ishonishmadi: naq 273 kilogramm metamfetamin narkotik moddasini olib ketayotgan ekan. Politsiya xomcho‘t qilishicha, buncha narkotik modda mahalliy qora bozorda kamida 200 mln. dollarga sotilgan bo‘lardi.

Politsiya mashinasiga zarar yetkazilgani holva bo‘lib qoldi. Qo‘lga olingan 26 yoshli Saymon Tuga nisbatan narkotik moddalarni noqonuniy tarqatish bo‘yicha ham ayblov e’lon qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring