Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyada o‘lgan Tolibon jangchisining protez oyog‘idan spirtli ichimlik ichgan harbiylar ustidan tergov boshlandi

Avstraliyada o‘lgan Tolibon jangchisining protez oyog‘idan spirtli ichimlik ichgan harbiylar ustidan tergov boshlandi

Foto: «Upge.wn.com»

Avstraliyada o‘lgan Tolibon jangchisining protez oyog‘idan spirtli ichimlik ichgan maxsus kuchlar harbiylari ustidan tergov boshlandi. Jinoyatchilar 20 yilga qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin, deya xabar berdi «Guardian» nashri mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib.

Gazetaning yozishicha, tergov harbiy xizmatchilar vafot etgan jangarining protezidan pivo ichgani va uni harbiy harakatlar bo‘layotgan joylarda ryukzakka bog‘lab qo‘ygani aks etgan fotosuratlar tarqalgandan so‘ng boshlandi.

«Ayni paytda armiya ushbu ish bo‘yicha to‘liq tergov olib bormoqda», — deya Mudofaa vazirligi vakilining so‘zlarini keltiradi nashr.

«Guardian»ning Avstraliya maxsus havo-desant xizmati (SASR) manbalariga asoslanib xabar berishicha, yuqori lavozimli ofitserlar maxsus kuchlarning noqonuniy xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lishgan. Qayd etilishicha, ular protezdan alkogolli ichimliklar ichilganiga guvoh ham bo‘lishgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning o‘zlari ham unda ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.

Noyabr oyida Avstraliya Qurolli Kuchlari qo‘mondoni Angus Kempbell 2005-yildan 2016-yilgacha Afg‘onistonda Avstraliya maxsus kuchlari tomonidan 39 ta qotillik va ikkita asossiz shafqatsiz munosabatning dalillari keltirilgan hisobotni chop etdi. Qurbonlar orasida mahalliy askarlar ham, tinch aholi ham bor. Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, avstraliyalik askarlar, agar kerak bo‘lsa, avstraliyalik harbiy xizmatchilar qotilliklarini oqlash uchun har ehtimolga qarshi asirlarga qurol tashlab qo‘yishgan.

Ma’ruza chop etilgach oxirgi uch hafta ichida to‘qqiz nafar avstraliyalik harbiy o‘z joniga qasd qilgan. Ular orasida sakkizta erkak va bitta ayol bor. Hozircha ularning isbotlangan jinoyatlarga aloqadorligi haqida hech nima ma’lum emas, biroq mutaxassis armiyada o‘z joniga qasd qilishlar ma’ruza bilan bog‘liqligini istisno qilishmayapti.

Avvalroq ma’ruzadagi ma’lumotlar 400 nafar guvohning ko‘rsatmalariga asoslangani to‘g‘risida xabar bergandik.

Bundan tashqari, ekspertlar o‘sha davrga taalluqli 20 mingdan ziyod hujjat va 25 mingdan ziyod fotosuratni o‘rganib chiqishdi.

Ushbu holat ma’lum bo‘lgach, Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniga qo‘ng‘iroq qilib, hamdardlik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring